Após a entrada em vigor do presente Acordo, a Parte em cujo território for assinado deverá submetê-lo ao Secretariado das Nações Unidas para registo, em conformidade com o artigo 102.º da Carta das Nações Unidas, e notificar a outra Parte da conclusão deste procedimento, bem como do número de registo atribuído.
Feito em Nova Iorque, em 23 de setembro de 2024, em dois originais nas línguas uzbeque, portuguesa e inglesa, sendo todos os textos igualmente autênticos. Em caso de divergência de interpretação, prevalecerá a versão inglesa.
Pela República Portuguesa:
Pela República do Uzbequistão:
PORTUGALIYA RESPUBLIKASI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘RTASIDA IQTISODIY HAMKORLIK TO‘G‘RISIDAGI BITIM
O‘zbekiston Respublikasi va Portugaliya Respublikasi, keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar:
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda iqtisodiy hamkorlikning muhimligini anglagan holda;
Tenglik, o‘zarolik va manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va faollashtirish istagida;
Tomonlarning ichki qonunchiligi hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari va qoidalariga amal qilgan holda:
Quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:
1-modda
Maqsad
Tomonlar o‘zlarining tegishli ichki qonunchiligi va qo‘llaniladigan xalqaro huquq doirasida iqtisodiy rivojlanishga taalluqli barcha sohalarda, shu jumladan, turizm, energetika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat, atrof-muhit, transport va infratuzilma, sanoat, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, fan va texnologiya hamda boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish va diversifikatsiya qilishni rag‘batlantiradilar.
2-modda
Hamkorlik mexanizmlari
Tomonlar o‘z hamkorliklarini tegishli vositalar orqali quyidagi tarzda kengaytirish va faollashtirishga intiladilar:
- a)Ikki davlat fuqarolari va tashkilotlari, davlat idoralari, tadbirkorlik birlashmalari, savdo palatalari o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli iqtisodiy axborot almashinuvini rivojlantirish;
- b)Hamkorlikning aniq imkoniyatlari to‘g‘risida bisnez ma’lumotlarini almashish, ikkala davlatning biznes hamjamiyati delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish, ularning savdo yarmarka va ko‘rgazmalarida ishtirokini rag‘batlantirish, biznes tadbirlar, seminarlar, simpoziumlar va konferensiyalar tashkil etish;
- c)Ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarda kichik va o‘rta xususiy korxonalarning kuchliroq ishtirokini rag‘batlantirish;
- d)O‘zaro manfaatli sohalarda, shu jumladan, texnologiya va innovatsiya sohalarida ekspertiza bilimlari bilan ta’minlashda hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
- e)Investitsiya faoliyatini, qo‘shma korxonalar va kompaniyalarning filiallarini tashkil etish hamda Tomonlar tarafidan kelishilgan boshqa hamkorlik shakllarini qo‘llab-quvvatlash;
- f)Uchinchi mamlakat bozorlarida hamkorlik qilish;
- g)Tomonlar tarafidan kelishilishi mumkin bo‘lgan boshqa hamkorlik sohalari.
3-modda
Intellektual mulk
Ikkala Tomon o‘zlarining ichki qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga muvofiq intellektual mulk huquqlarining, shu jumladan, geografik ko‘rsatkichlarga bo‘lgan huquqlarning himoyasini ta’minlaydilar va mustahkamlaydilar.
4-modda
Xarajatlar
Har bir Tomon, basharti boshqacha kelishilmagan bo‘lsa, ushbu Bitim doirasida faoliyatlarda o‘zlarining ishtiroki uchun sarf-xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
5-modda
Qo‘shma komissiya
- 1 -Mazkur Bitimning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida, Tomonlar ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar uchun javobgar bo‘lgan ikkala davlat hukumat vakillaridan iborat Qo‘shma komissiyani tuzadilar.
- 2 -Qo‘shma komissiya har bir Tomonning so‘roviga binoan, o‘zaro kelishuv asosida, yig‘ilish sanasi va joyi diplomatik kanallar orqali kelishilgan holda, navbatma-navbat O‘zbekiston Respublikasi va Portugaliya Respublikasida uchrashadi.
- 3 -Qo‘shma komissiyaning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- a)Mazkur Bitimning amalga oshirilishini nazorat qilish;
- b)Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni oshirish va diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish.
6-modda
Boshqa xalqaro shartnomalar bilan munosabati
Mazkur Bitim qoidalari ikkala Tomon uchun boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan, majburiy bo‘lgan huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
7-modda
Nizolarni hal qilish
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qo‘llashda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Tomonlar o‘rtasida maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal qilinadi.
8-modda
O‘zgartirish
- 1 -Mazkur Bitimga Tomonlardan birining so‘roviga muvofiq, Tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro rozilik asosida yozma ravishda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
- 2 -O‘zgartirishlar mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar orqali rasmiylashtiriladi hamda ushbu Bitimning 10-moddasiga muvofiq kuchga kiradi.
9-modda
Muddat va tugatilishi
- 1 -Mazkur Bitim besh (5) yil muddatda amalda bo‘ladi va basharti har qaysi Tomon mazkur Bitimni tugatish niyati to‘g‘risida ushbu tugatilishdan olti (6) oy oldin yozma ravishda va diplomatik kanallar orqali xabardor qilmasa, o‘z-o‘zidan keyingi besh (5) yil muddatga uzaytiriladi.
- 2 -Mazkur Bitimning tugatilishi ushbu Bitim doirasida amalga oshirilgan loyihalar yoki tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha har qanday aniq kelishuvlarning, ushbu kelishuvlar bajarilgunga qadar, amal qilishi yoki muddatiga daxl qilmaydi.
10-modda
Kuchga kirish
Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki huquqiy protseduralarini bajarganliklari haqida so‘nggi xabarnoma diplomatik kanallar orqali qabul qilingandan boshlab 30-(o‘ttizinchi) kunda kuchga kiradi.
11-modda
Ro‘yxatga olish
Mazkur Bitim kuchga kirgandan so‘ng, u qaysi Tomonning hududida imzolangan bo‘lsa, ushbu Tomon Bitimni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kotibiyatiga mazkur Tashkilot Nizomining 102-moddasiga muvofiq ro‘yxatga olish uchun taqdim etadi hamda boshqa Tomonni ushbu protseduraning tugallanishi va ro‘yxatga olish raqami haqida xabardor qiladi.
New York shahrida, 23/9/2024 da ikki asl nusxada o‘zbek, portugal va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Portugaliya Respublikasi Nomidan:
O‘Zbekiston Respublikasi Nomidan:
AGREEMENT BETWEEN THE PORTUGUESE REPUBLIC AND THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ON ECONOMIC COOPERATION
The Republic of Uzbekistan and the Portuguese Republic, hereinafter referred to as the “Parties”:
Aware of the importance of economic cooperation for the development of the relations between both States;
Wishing to develop and intensify their economic cooperation based on the principles of equality, reciprocity, and mutual benefit;
In conformity with their internal Law and the generally recognized principles and rules of international Law:
Have agreed as follows:
Article 1
Object
The Parties shall promote, within the framework of their respective internal Law and the applicable international Law, the expansion and diversification of mutually advantageous cooperative economic relations in all fields relevant to economic development, such as in the field of tourism, energy, agriculture and food, environment, transport and infrastructure, industry, information and communications technology, science, and technology, among others.
Article 2
Cooperation Mechanisms
The Parties shall endeavor to broaden and intensify their cooperation through appropriate means, as follows:
- a)Promoting the linkage and strengthening the cooperation between individuals and organizations of the two States, governmental institutions, business associations, commercial chambers, encouraging the exchange of economic information of mutual interest;
- b)Exchanging business information about concrete opportunities of cooperation, organizing mutual visits of delegations of the business community of the two States, promoting their participation in fairs and exhibitions, organizing business events, seminars, symposia and conferences;
- c)Promoting a stronger participation of small and medium-sized private enterprises in bilateral economic relations;
- d)Encouraging cooperation in providing expertise in areas of mutual interest, including cooperation in areas of technology and innovation;
- e)Encouraging investment activities, the establishment of joint ventures and companies’ branch offices and other forms agreed by the Parties;
- f)Cooperating on third markets;
- g)Other areas of cooperation that may be agreed upon by the Parties.
Article 3
Intellectual Property
Both Parties shall ensure and reinforce the protection of intellectual property rights, including geographical indications, according to their internal Law and international obligations.
Article 4
Expenses
Unless otherwise agreed, each Party shall bear the costs and expenses for its participation in activities under this Agreement.
Article 5
Joint Commission
- 1 -With a view to ensure the implementation of this Agreement, the Parties shall establish a Joint Commission, composed of governmental representatives from both States, responsible for bilateral economic relations.
- 2 -The Joint Commission shall meet at the request of either Party, by mutual agreement, alternatively in the Republic of Uzbekistan and in the Portuguese Republic, with date and venue to be agreed through diplomatic channels.
- 3 -The tasks of the Joint Commission shall be:
- a)Oversight the implementation of this Agreement;
- b)Consideration of the possibilities for increasing and diversifying bilateral economic relations between the two States in the areas of mutual interest.
Article 6
Relation to other International Agreements
The provisions of this Agreement shall not affect the rights and obligations deriving from other international agreements that are binding upon both Parties.
Article 7
Settlement of Disputes
Any dispute concerning the interpretation or application of this Agreement shall be settled through negotiations and consultations between the Parties.
Article 8
Amendment
- 1 -This Agreement may be amended at the request of one of the Parties, in writing, by mutual consent between the Parties.
- 2 -The amendments shall be made by separate protocols, which shall be an integral part of the present Agreement and enter into force in accordance with article 10 of this Agreement.
Article 9
Duration and termination
- 1 -This Agreement shall remain in force for a period of five (5) years and shall be automatically extended for subsequent period of five (5) years thereafter, unless either Party notifies, in writing and through the diplomatic channels, of its intent to terminate this Agreement six (6) months before such termination.
- 2 -The termination of this Agreement shall not affect the validity or duration of any specific arrangements for the execution of projects or activities made under this Agreement until the completion of those arrangements.
Article 10
Entry into force
This Agreement shall enter into force on the 30th (thirtieth) day following the receipt, in writing and through diplomatic channels, of the last notification conveying the completion of the internal legal procedures of the Parties required for that purpose.
Article 11
Registration
Upon entry into force of this Agreement, the Party in whose territory it is signed shall submit it to the Secretariat of the United Nations for registration, in accordance with article 102 of the Charter of the United Nations and shall notify the other Party of the completion of this procedure as well as of its registration number.
Done in New York, on September 23 of 2024, in two originals in the uzbek, portuguese, and english languages, all texts being equally authentic. In case of divergence of interpretation, the english text shall prevail.
For the Portuguese Republic:
For the Republic of Uzbekistan:
118705496